Dunyodan

Belgiya Ukrainaga 100 million yevro ajratadi

Published

on


Belgiya Ukraina uchun AQShdan qurol sotib olish uchun qo‘shimcha 100 million yevro ajratishga qaror qildi.

Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Maksim Prevot ma’lum qildi. Uning so’zlariga ko’ra, mablag’lar PURL dasturi doirasida yuboriladi.

Vazir Yevropa Ittifoqi doirasidagi qarorlarga ham to‘xtalib o‘tdi. U Kiyevga 90 milliard yevro miqdorida kredit ajratish va Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar bo‘yicha qaror Vengriyadagi umumiy saylovlardan so‘ng qabul qilinishiga umid bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, OAVda prezident Tramp Yevropa davlatlarini Eronga qarshi harakatlarda ishtirok etishga undash maqsadida Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatish bilan tahdid qilgani haqida ham dastlabki xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, PURL dasturi AQSh orqali Ukrainaga qurol va harbiy texnika yetkazib berishga qaratilgan moliyaviy yoki logistika dasturlaridan biri bo‘lib, Yevropa davlatlarining Ukraina uchun AQShdan qurol sotib olishini nazarda tutadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version