Dunyodan
Belarus Tashqi ishlar vazirligi Armanistonga norozilik maktubi yubordi
Armanistonning Belarusdagi muvaqqat ishlar vakili Artur Sarkisyan Belarus Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, “Armanistonning adolatsiz harakatlariga” keskin norozilik bildirgan memorandum topshirildi.
Gap shundaki, Armaniston parlamenti spikeri Aren Simonyan avvalroq “Armaniston davlatga aylanmasligi va Belarus kabi boshqarilmasligi kerak”, deb aytgan edi.
Minsk bu fikrlarni “saylov populizmi va saylovchilarni jiddiy ichki muammolardan chalg’itishga urinish” deb atadi.
“Belarus – Rossiya bilan ittifoqchilik shaklini mustaqil belgilaydigan suveren davlat. Biz bu sheriklik bilan faxrlanamiz va hech kim bizga aytishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Minskni “mifik intervensiya” shiori ostida ichki siyosiy mojarolarga tortishga urinish oddiy diplomatik etikani jiddiy buzishdir”, – deyiladi TIV bayonotida.