Dunyodan
Belarus fuqarolari Rossiyaga sayohat qilmaslikni maslahat berishdi
Belarus Xavfsizlik Kengashi Davlat kotibi Aleksandr Volfovich fuqarolarni, ayniqsa, Rossiya bilan chegaradosh hududlarga sayohat qilishdan vaqtincha tiyilishga chaqirdi.
Uning qayd etishicha, Belarus rahbariyati bu haqda avval ham bir necha bor ogohlantirgan. Har kuni sayohatchilar dron hujumlari va xavfli chegara sharoitlari tufayli o’z hayotlarini katta xavf ostiga qo’yishadi.
Yaqinda Qora dengiz sohilidagi Anapa shahriga ketayotgan belarusliklarni olib ketayotgan avtobus bilan bog‘liq voqeani izohlar ekan, Volfovich bu shaxsiy sayohat ekanligini va hech bir transport kompaniyasi bunday yo‘nalish xavfsizligini kafolatlay olmasligini aytdi.
Shuningdek, u belarusliklarni mamlakat ichida dam olish joylarini tanlashga chaqirdi. Uning so’zlariga ko’ra, Belarus hududida ko’llar, daryolar, o’rmonlar mavjud, oilaviy dam olish uchun go’zal joylar etarli.
Aleksandr Volfovichning aytishicha, “maxsus harbiy operatsiya” tugaguniga qadar Rossiyaning xavfli hududlariga sayohat qilish tavsiya etilmaydi.