Dunyodan
Baydenning pensiyasi Trampning maoshidan kattaroq
AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden yiliga 417 ming dollarga yaqin pensiya oladi, deb yozadi New York Post.
Baydenning nafaqasi prezidentning maoshidan yuqori va Barak Obamanikidan taxminan ikki baravar ko’p.
Demokratik prezidentning yuqori pensiyasi uning uzoq siyosiy faoliyati va lavozimidan ketganidan keyingi birinchi yildan boshlab ikki davlat pensiya jamg‘armasidan to‘lovlar olish huquqi bilan izohlanadi. Soliq to‘lovchilarni mudofaa milliy jamg‘armasi vitse-prezidenti Demien Bredining aytishicha, Baydenning siyosiy karerasi unga senator, vitse-prezident va prezident sifatida “o‘ziga xos mavqe”ni, shuningdek, soliq to‘lovchilar tomonidan boshqariladigan bir nechta pensiya jamg‘armalariga kirish imkoniyatini bergan. Baydenning nafaqasi prezident maoshidan 17 ming dollarga ko’p.
“Janob Bayden nafaqaga chiqqanda amaldagi prezidentdan ko’ra ko’proq tovon olmoqda”, dedi Bredi. “Albatta, bu kamdan-kam uchraydigan holat, ammo islohot vaqti keldi. Kongress kelajakda bunday pensiya to’lovlaridan qochish uchun buni e’tiborga olishi kerak”.