Sport

«Bashakshehir» «Alanyaspor»ni yengdi, Shomurodov yana to‘purarlar yetakchisi

Published

on


Turkiya chempionatining 23-turida «Istanbul Bashakshehir» safarda «Alanyaspor» ustidan g‘alaba qozondi.

Ushbu natija bilan «Bashakshehir» ochkolari sonini 36 taga yetkazib, 6-pog‘onadagi o‘rnini mustahkamladi.

Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan o‘zbekistonlik futbolchilar Abbosbek Fayzullayev va Eldor Shomurodov maydonda 70 daqiqa harakat qilishdi. 42-daqiqada Fayzullayev ishlagan penaltini Shomurodov golga aylantirdi va to‘purarlar poygasida yana yetakchi bo‘lib oldi (16 ta gol). «Trabzonspor» futbolchisi Pol Onuachu ham shuncha gol kiritgan, ammo u penaltilarda urgan gollar ko‘proq.

Turkiya Superligasi. 23-tur

Alanyaspor — Bashakshehir 1:2

Gollar: Hadergyonay 67 — Selke 14, Shomurodov 42 (pen)

Bashakshehir: Muhammad, O‘mer Ali, Duarte, Opoku, Kemen, Operi (Karatas, 46), Fayzullayev (Ba, 71), Shomurodov (Ergun, 70), Harit (Sari, 31), Selke (Da Kosta, 58).



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version