Sport

«Barselona» himoyachisi Yevropa futboli uchun noyob rekord o‘rnatdi

Published

on


«Barselona»ning 31 yoshli portugaliyalik himoyachisi Joau Kanselu Yevropaning kuchli beshlik chempionatlaridan to‘rttasida — Ispaniya, Angliya, Germaniya va Italiyada g‘olib chiqqan ilk futbolchiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, kecha 11-mayga o‘tar kechasi el-klasikoda «Barselona» o‘z maydonida «Real»ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, muddatidan oldin La Liga g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Kanselu professional faoliyati davomida «Manchester Siti» bilan APLda, «Yuventus» bilan A Seriyada va «Bavariya» bilan Bundesligada oltin medallarni qo‘lga kiritgan.

Bundan tashqari, u «Benfika» safida Portugaliya chempioni bo‘lgan.

Yevropaning barcha top-5 ligalari to‘liq kolleksiyasi uchun unga faqat Fransiya birinchiligi kubogi yetishmayapti.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version