Jamiyat

Barcha davlat bog‘chalari tarbiyalanuvchilari grippga qarshi bepul emlanadi

Published

on


Joriy yilning fevral oyi oxirigacha mamlakat bo‘ylab davlat MTT bolalari grippga qarshi bepul emlanadi.

Sanepidqo‘mita axborot xizmati xabariga ko‘ra, 520 ming doza grippga qarshi vaksinalar davlat tomonidan xarid qilinib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari bolalarini emlash uchun hududlarga tarqatilgan.

Qayd etilishicha, bolalar, xususan maktabgacha yoshdagilar grippga nisbatan eng himoyasiz qatlam hisoblanadi. Ular jamoada ko‘p bo‘lgani sababli virus tez yuqadi. Fevral oyida emlash esa bolalarni pnevmoniya, bronxit, otit kabi og‘ir asoratlardan himoya qiladi, shuningdek, bog‘chalarda ommaviy kasallanishning oldini oladi.

«Gripp viruslari fevral–mart oylarida ham faol aylanishda bo‘ladi. Emlash qilinganidan so‘ng 10–14 kun ichida organizmda immunitet shakllanadi va bola mavsum oxirigacha himoyalangan bo‘ladi.

Fevral oyida kasallik og‘ir kechish xavfi yuqori bo‘ladi. Emlash kasallanishni to‘liq oldini olmasa-da, uning yengil shaklda o‘tishiga va asoratlarning oldini olishga yordam beradi», – deyiladi Qo‘mita bayonotida.

Emlash jarayonida bolalar shifokor ko‘rigidan o‘tkaziladi hamda sog‘lom bolalar grippga qarshi emlanadi.

Qo‘mita, shuningdek, ota-onalarni bolalarini o‘z vaqtida emlashga chaqirgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version