Jamiyat

Bahraynda mushkul ahvolda qolgan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi

Published

on


Mamlakat elchixonasi (qarorgohi Ar-Riyoz shahrida joylashgan) ko‘magida Bahrayn poytaxti Manama shahrida mushkul ahvolda qolgan S.A. O‘zbekistonga qaytarildi.

Diplomatik vakolatxonadan olingan ma’lumotga ko‘ra, S.A. O‘zbekistondan 2015 yilda chiqib ketgan va Bahrayn fuqarosiga turmushga chiqqan. Oilaviy mojarolar sababli u O‘zbekistonga qaytarishda yordam so‘rab elchixonaga murojaat qilgan.

Murojaat o‘rganilganidan keyin unga vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirildi. Shuningdek, mamlakatga qaytishi uchun Bahraynda istiqomat qilib kelayotgan faol vatandoshlar ko‘magida aviachipta olib berildi. U O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version