Jamiyat
BAAdan qidiruvda bo‘lgan ikki fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi
Birlashgan Arab Amirliklaridan Interpol kanallari orqali qidiruvda bo‘lgan ikki nafar fuqaro O‘zbekistonga topshirildi.
Ichki ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, Toshkent va Abu Dabi Interpol Milliy markaziy byurolarining yaqin hamkorligi va muvofiqlashtirilgan ishlari natijasida og‘ir jinoyatlar sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxslar O‘zbekistonga olib kelindi.
Ular mamlakat hududida sodir etilgan iqtisodiy va mulkiy jinoyatlar bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan. Endilikda mazkur shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilishi uchun sud oldida javob beradi.
Vazirlik ikki davlat Interpol bo‘limlari o‘rtasidagi hamkorlik kuchayayotganini, bu esa jinoyatchilarni topshirish bo‘yicha ko‘rsatkichlarning ortishiga xizmat qilayotganini ta’kidladi.