Dunyodan
BAAda Ukraina bo‘yicha muzokaralar boshlandi
BAA poytaxtida Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasida muzokaralar boshlandi.
BAA Tashqi ishlar vazirligi muzokaralar ikki kun davom etishini ma’lum qildi. Muzokaralar o’ta maxfiy tarzda o’tmoqda. Joylashuv ma’lum qilinmagan va hozircha press-reliz rejasi yo’q.
Hozircha faqat Rossiya delegatsiyasiga GRU rahbari Igor Koschukov, Ukraina delegatsiyasiga esa Prezident ma’muriyati kotibi Kirill Budanov hamda Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi raisi Rustem Umerov boshchilik qilayotgani ma’lum.
Reuters agentligining xabar berishicha, birinchi uch tomonlama uchrashuvda Rossiya hukumati prezident Donald Tramp va prezident Vladimir Putin o‘rtasida Ankorij sammitida erishilgani aytilayotgan kelishuvga bosim o‘tkazmoqchi. Ular orasida Ukrainaning hududiy yondoshuvlari, jumladan, Donetsk viloyatidagi joriy frontni muzlatish va mamlakat sharqi va janubidagi Kiyev nazorati ostida qolgan boshqa hududlar ham bor.
Abu-Dabidagi muzokaralar so’nggi kunlardagi diplomatik aloqalar fonida o’tmoqda. Bir kun avval prezident Vladimir Putin Moskvada AQSh maxsus elchilari Stiv Uitkoff, Jared Kushner va Josh Gruenbaum bilan uchrashdi. Uchrashuv to‘rt soatga yaqin davom etdi.
Bungacha Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi doirasida Donald Tramp bilan uchrashgan edi.