Dunyodan
BAA Eron aktivlarini muzlatish masalasini ko’rib chiqmoqda
Birlashgan Arab Amirliklari o‘z hududida saqlanayotgan Eronning milliardlab dollarlik aktivlarini muzlatish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal voqeaga aloqador shaxslarga tayanib xabar berdi.
Nashrning yozishicha, agar qaror qabul qilinsa, Tehronning eng muhim iqtisodiy manbalaridan biriga zarba berilishi mumkin.
Mutaxassislarning aytishicha, BAAning bunday harakati Eronning valyutaga kirishini va xalqaro savdo tarmoqlaridan foydalanishini sezilarli darajada cheklaydi.
Eron iqtisodiyoti hozirda inflyatsion bosim ostida va uning AQSh va Isroil bilan harbiy mojarosi fonida qo’shimcha bosimga duch kelmoqda.