Jamiyat

Ayrim «zapravka»lar xavfsiz hududlarga ko‘chirilishi mumkin

Published

on


O‘zbekistonda fuqarolar hayoti va xavfsizligiga tahdid soluvchi «zapravka»lar xavfsiz hududlarga ko‘chirilishi mumkin.

Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, 2026 yil 1 aprelgacha shaharsozlik, sanoat va yong‘in xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yonilg‘i quyish shoxobchalari boshqa joylarga o‘tkaziladi.

Ko‘chirish xarajatlari qonunchilikda belgilangan tartibda kompensatsiya qilinadi, yangi joylar esa infratuzilmaga ega hududlardan ajratib beriladi.

Hisobotga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha o‘tkazilgan xatlov davomida 6 196 ta shoxobchada 46 mingdan ortiq kamchilik aniqlangan. Shulardan 464 tasi vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Loyihaga muvofiq, har bir shoxobchada xodimlar bilimini yiliga kamida bir marta tekshirish, uskunalar va sigimlarni o‘z vaqtida sinovdan o‘tkazish, xavfli qurilmalarni aniqlovchi maxsus dasturiy tizim joriy etiladi.

Shuningdek, «O‘zenergoinspeksiya» va Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan yilda bir marta majburiy tekshiruvlar o‘tkazilishi belgilangan.

Loyiha muhokamasi 11 noyabrgacha davom etadi.

 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version