Jamiyat

Ayrim yoshlarning to‘lov-kontrakt summasi bir qismi qoplab beriladi

Published

on


Jamiyat | 10:34

6

2 daqiqa o‘qiladi

Prezident farmoniga muvofiq, 2026 yil 1 fevraldan Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy xizmatni bepul o‘tash, haydovchilikka o‘qish xarajatlarini qoplash, shuningdek, kasbiy va oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun to‘lov-kontrakt summasining bir qismi “Yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan to‘lab berish tartibi joriy etiladi.

Foto: Kun.uz

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 fevraldan Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlar uchun quyidagi imtiyozlar belgilanadi:


safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul o‘tash tartibi joriy etiladi, ushbu maqsad uchun alohida subsidiya ajratish amaliyoti esa bekor qilinadi;

“Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali:


avtomototransport haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash bo‘yicha subsidiya haydovchilik guvohnomasining A, B, D va DE toifalarini olish uchun to‘lab beriladi;
kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalarining to‘lov-kontrakt summasi 50 foizgacha qismi tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib to‘lanadi hamda bu miqdor 1 o‘quv yili uchun BHMning 50 baravaridan oshmasligi lozim;
ayni bir shaxs 1 yil davomida turli ijtimoiy yordam turlaridan ko‘pi bilan 2 marta foydalanishi mumkin.

Mazkur tartib yoshlarning kasb-hunar egallashi, oliy va kasbiy ta’limga qo‘shilganlik darajasini oshirish, shu bilan birga, ijtimoiy yordamni manzilli va sharti aniq bo‘lgan mexanizmlar orqali taqdim etishga xizmat qilishi belgilanmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version