Jamiyat
Ayrim harbiy atamalarning o‘zbekcha muqobillari e’lon qilindi
Mudofaa sohasida qo‘llanilayotgan xorijiy atamalarni o‘zbekcha milliy muqobillar bilan almashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Tegishli tashkilotlar ishchi guruhlari tomonidan taqdim etilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Atamalar komissiyasining ishchi kengashi — Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari ishtirokida muhokama qilindi.
Ishchi organ taqdim etilayotgan atamalarning milliy muqobillari yuzasidan qo‘shimcha fikr va takliflarni ham qabul qilishini ma’lum qildi. Fuqarolar o‘z mulohazalarini izohlar orqali bildirishga chaqirildi.
Chet tilidagi so‘z va atamalar — O‘zbekcha muqobili
Akselbant — Zarhal bog‘(ich)
Ambrazura — Shinak
Ataka — Hamla
Baraban — Nog‘ora
Barabanchi — Nog‘orachi
Blindaj — Panajoy
Blokada — Qamal
Blokpost — To‘siqpost
Bronejilet — Zirhnimcha
Veshmeshok — Yukxalta
Gauptvaxta — Tutuqxona
Gorn — Burg‘u
Gornchi — Burg‘uchi
Diversant — Qo‘poruvchi
Diversiya — Qo‘poruvchilik
Dozor — Erovul
DOT (Dolgovremennaya ognevaya tochka) — UMMON (uzoq muddatga mo‘ljallangan otish nuqtasi)
Dubinka — Tayoq
Zapal — Chaqnatkich
Kaska — Dubulg‘a
Kokarda — Jig‘a
Kotelok — Qozoncha
Kursant — Kursant, tinglovchi
Lager — Jamloq
Marsh — Yurish
Mishen — Nishon
Okop — Xandaq
Payok — Payok (payok so‘zi umumturkiy pay so‘ziga ruscha -k kichraytirish qo‘shimchasini qo‘shishdan yasalgan)
Planshet (harbiylar sumkasi) — Yonchiq
Poligon — Dala o‘quv maydoni
Protivogaz — Gazniqob
Rejim — Tartibot
Stvol — O‘qquvur
Transheya — Xandaq yo‘lagi
Trevoga — Bong
Trenchik (furajkaning zanjiri) — Zanjirbog‘
Tribunal — Harbiy mahkama
Fortifikatsiya — Istehkom
Furajka — Bo‘rk
Shevron — Uqa
Emblema — Tanuq