Jamiyat

“Aybi tasdiqlanmagach, qidiruv bekor qilindi” – IIV “Ravshan Zolotoy” bo‘yicha izoh berdi

Published

on


Turkiyada yashovchi tadbirkor Ravshan Muhitdinovga nisbatan xalqaro qidiruv bekor qilindi. IIV tergov harakatlaridan so‘ng “Ravshan Zolotoy”ning aybi tasdiqlanmaganini ma’lum qildi. 37 yoshli Muhitdinovning ismi aprel oyida Interpol saytida paydo bo‘lgandi.

IIV matbuot anjumanida Ravshan Muhitdinovga nisbatan e’lon qilingan xalqaro qidiruv nega bekor qilinganiga izoh berildi.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Dilmurod Mirsodiqov jurnalistning shu boradagi savoliga javob qaytarib, Muhitdinovning aybi tasdiqlanmaganini ma’lum qildi.

“2021 yilda holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “Ravshan Zolotoy”ga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Vaqt o‘tgandan keyin javobgarlikka tortish muddati o‘tgani munosabati bilan jinoyat ishining unga nisbatan bo‘lgan qismi tugatilgan.

Bir qator tergov harakatlaridan so‘ng unga nisbatan yana qo‘shimcha arizalar tushgan va qidiruv harakatlari jadallashtirilgan. Barcha tergov harakatlari o‘tkazilgach, uning aybi tasdiqlanmagan va qidiruv harakatlari bekor qilingan”, degan Dilmurod Mirsodiqov.

Ma’lumot uchun, Ravshan Muhitdinovning ismi aprel oyida Interpol saytidagi «qizil bildirishnomalar» ro‘yxatida paydo bo‘lgandi. U mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish, uyushgan qurolli guruh tuzish, shuningdek, unga rahbarlik qilish yoki unda ishtirok etish, bezorilik jinoyatlarini sodir etishda ayblangan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version