Sport

“Ayaks” akademiyasining murabbiylari Namanganga olib kelinadi

Published

on


Namanganga niderlandiyalik murabbiylar va futbol mutaxassislari keladi. 

“Namanganga kelib, futbol haqida gapirmasak bo‘lmaydi. Namanganlik yoshlar uchun futbol shunchaki o‘yin emas, bu – hayot tarzi. Har bir bola mahallada to‘p tepib katta bo‘ladi. “Navbahor”ning har bir o‘yini – shahar uchun katta bayram”,- dedi davlatimiz rahbari. 

Yaqinda “Navbahor” futbol maktabini uch yil muddatga Niderlandiyaning mashhur “Ayaks” futbol akademiyasi boshqaruviga berish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ushbu akademiyaning 11 nafar murabbiy, skaut va metodistlari Namanganga olib kelinadi.

Prezidentimiz kelajakda bu akademiyada dunyoning “top” klublarida o‘ynaydigan, jahon chempionatlarida o‘z mahoratini namoyon qiladigan ko‘plab futbolchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.

Yig‘ilish davomida hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi, tadbirkorlarning namunali tajribalari ko‘rib chiqildi.

 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version