Iqtisodiyot
avtomobilsozlikda hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi
Iqtisodiyot | 09:56
233
1 daqiqa o‘qiladi
10 noyabr kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Malayziyaning milliy avtomobilsozlik kompaniyasi Proton Holdings vitse-prezidenti Aynol Azmil bin Abu Bakar bilan uchrashib, sanoat salohiyatini mustahkamlash va yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan qo‘shma loyihalar hamda sheriklikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda avtomobilsozlik yo‘nalishida hamkorlikning amaliy yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdi. Xususan:
lokallashtirish darajasini oshirish va mahalliy qiymat ulushini kengaytirish;
tarmoq uchun zarur komponentlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
kadrlar tayyorlash, servis va distributsiya tarmoqlarini rivojlantirish;
hududiy kooperatsiya orqali yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha takliflar muhokama etildi.
Ma’lumot uchun, Proton Holdings — Malayziyaning milliy avtomobil brendi bo‘lib, 1983 yilda tashkil etilgan. Kompaniyaning bosh ofisi Selangor shtatida joylashgan.
Tomonlar o‘zaro manfaatli sheriklikni bosqichma-bosqich kengaytirish, potensial investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy jihatdan o‘rganish va muvofiqlashtirish bo‘yicha kelishib oldi.