Jamiyat

Avtomobil bosib o‘tgan masofasini o‘zgartirganlar javobgarlikka tortiladi

Published

on


Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun muhokama qilindi. Hujjat ma’muriy javobgarlik tizimini takomillashtirish, iste’molchilar va voyaga yetmaganlar huquqlarini kuchaytirishga qaratilgan.

Qonun bilan Kodeks yangi 178²-modda bilan to‘ldirilmoqda. Unga ko‘ra, avtotransport vositasining bosib o‘tgan masofasini ko‘rsatuvchi odometr uskunasi ko‘rsatkichlari o‘zgartirilgani yoki almashtirilgani haqida xaridorni ogohlantirmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.

Senatorlar ta’kidlashicha, mazkur norma avtomobil bozoridagi nohalol amaliyotlarni cheklash va iste’molchining haqqoniy ma’lumot olish huquqini ta’minlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, transport vositasini boshqarish yoki ov qilish huquqidan mahrum qilish muddatini qisqartirish tartibi ham qayta ko‘rib chiqilmoqda. Endi bunday masalalar faqat sud tomonidan belgilangan aniq shartlar asosida hal etiladi. Agar shaxs avval ushbu yengillikdan foydalangan bo‘lsa yoki jazo muddatida qayta huquqbuzarlik sodir etsa, unga nisbatan imtiyoz qo‘llanilmaydi.

Muhokamalar yakunida senatorlar qonunni ma’qulladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version