Siyosat

Asaka tumani hokimi, prokurori va boshqalar mukofotlandi

Published

on


Prezident Asaka tumani mansabdorlarini mukofotladi. Bu haqda davlat rahbarining farmoni e’lln qilindi. 

Asaka tumanining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish borasidagi katta xizmatlari, o‘zining boy bilim va tajribasi, tashkilotchilik va tashabbuskorlik qobiliyati bilan hududlar infratuzilmasini takomillashtirib, «Islohotlar shtabi» faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yganligi, xalqimiz manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, aholi tinchligi va farovonligini ta’minlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun quyidagilar mukofotlandi:

«Do‘stlik» ordeni bilan

Mo‘minov Nasibulla Nabiyevich – Andijon viloyati Asaka tumani hokimi

«Jasorat» medali bilan

Mirzakarimov Akmaljon Dilmuradovich – Andijon viloyati Asaka tumani prokurori

Nazirov Shoxruxbek Xolmuxamedovich – Andijon viloyati Asaka tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i

Raximov Ilxomjon Gulamovich – Andijon viloyati Asaka tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i

«Shuhrat» medali bilan

Nabiyev Farxod Kabuljanovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version