Dunyodan
Artemida 2 Yerga qaytadi
Artemida 2 missiyasi ishtirokchilari tarixiy parvozdan keyin Yerga qaytishning eng xavfli bosqichiga kirishmoqda.
Xabar qilinishicha, “Orion” kapsulasi Tinch okeaniga Kaliforniya qirg‘oqlari yaqinida qo‘nadi.
Ekipaj oxirgi kunlarni qaytishga tayyorgarlik ko’rish, atmosferaga kirish va qo’nish tartiblarini qayta ko’rib chiqish bilan o’tkazmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, atmosferaga kirish eng xavfli bosqichdir. Kosmik kema Yerga soatiga 40 000 kilometrdan ko’proq tezlikda kiradi va harorat Tselsiy bo’yicha taxminan 2700 darajaga etadi.
Kapsula atmosferaga kirgandan keyin bir necha daqiqadan so’ng aloqa yo’qoladi. Bu vaqtda atrofdagi havo plazmaga aylanadi va signalni bloklaydi.
Keyin parashyut ochiladi va kema tezligi tez pasayib, Tinch okeaniga yumshoq qo’nishni amalga oshiradi.
Qutqaruvchilar qo‘nish joyida tayyor bo‘lishadi. Astronavtlar ikki soat ichida evakuatsiya qilinishi va 24 soat ichida quruqlikka qaytishi kutilmoqda.
Xabar qilinishicha, ushbu missiya ishtirokchilari Oy atrofida ilgari parvoz qilgan atigi 24 kishiga qo‘shilishadi.