Dunyodan
Arkansanliklar lotereyada 1,8 milliard dollar yutib olishdi
Mamlakat tarixidagi eng yirik lotereya yutuqlaridan biri AQShda Rojdestvo kuni bo‘lib o‘tdi.
1,817 milliard dollarlik Powerball jekpotini Arkanzas shtatidan bitta chipta yutib oldi. Bu AQSh lotereyasi tarixidagi to’rtinchi yirik jekpot.
Agar g’olib bir martalik to’lovni tanlasa, u federal soliqlarni hisobga olgan holda taxminan 835 million dollar oladi. Ushbu lotereyada g’alaba qozonish ehtimoli 292 milliondan 1 ga teng. Jekpot 46-marta ketma-ket o‘ynalmagan, biroq so‘nggi kunlarda lotereya chiptalariga bo‘lgan talabning yuqoriligi tufayli u keskin oshgan.
Powerball lotereyasi AQShning 45 shtatida o’tkaziladi. Bitta chipta narxi 2 dollar. G‘olibning ismi hozircha oshkor etilmagan, faqat chipta Arkanzas hududida sotib olingani aytilgan.