Jamiyat

AQShdagi o‘zbekistonlik haydovchilar kuchaytirilgan migratsiya reydlari haqida ogohlantirildi

Published

on


Amerika Qo‘shma Shtatlari bo‘ylab federal migratsiya organlari tomonidan so‘nggi kunlarda kuchaytirilgan reydlar o‘tkazilayotgani munosabati bilan, AQShda yashayotgan va avtomobil boshqarayotgan O‘zbekiston fuqarolari hujjatlarini to‘liq tartibga keltirish hamda doimo o‘zlari bilan olib yurishi lozimligi haqida ogohlantirildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, federal yo‘llar va boshqa hududlarda o‘tkazilayotgan tekshiruvlar chog‘ida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda:


haydovchilik guvohnomalarining haqiqiyligi;
hujjatlarning amal qilish muddati va qonuniyligi;
ishlash huquqi va migratsion maqom;
haydovchilarning ingliz tilini bilish darajasi.

AQSh hukumati noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashni kuchaytirgani sababli federal organlar keng vakolatlar asosida faol reydlar olib bormoqda. Xabarlarga ko‘ra, ushlangan ayrim shaxslar bir nechta haydovchilik guvohnomasidan foydalanish yoki terrorizmga oid gumonlar bilan tilga olinmoqda.

Shu munosabat bilan, AQShda avtomobil boshqarayotgan vatandoshlardan quyidagilarga qat’iy rioya qilish so‘ralmoqda:

✅ barcha shaxsiy hujjatlarni, jumladan haydovchilik guvohnomasi, migratsion maqom va ishlash huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni tartibga keltirish;

✅ qonuniy maqomni tasdiqlovchi hujjatlarni doimo o‘zingiz bilan olib yurish.

Shuningdek, shubhali, tushunarsiz yoki muammoli holatlar yuzaga kelgan taqdirda, darhol O‘zbekistonning AQShdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga murojaat qilish tavsiya etilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version