Jamiyat

AQShda haydovchilik qilayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Published

on


TIV AQShdagi O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantirildi. 

So‘nggi kunlarda Amerika Qo‘shma Shtatlari bo‘ylab federal migratsiya organlari tomonidan kuchaytirilgan reydlar o‘tkazilmoqda. Tekshiruvlar jarayonida quyidagilarga e’tibor qaratilmoqda: 

*Haydovchilik guvohnomalarining haqiqiyligi; 

 * Hujjatlarning muddati va qonuniyligi; 

 * Ish huquqi va migratsion maqom; 

*Haydovchilarning ingliz tilini bilish darajasi. 

AQSh hukumati noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashni kuchaytirgani sababli federal yo‘llarda keng vakolatlar asosida faol reydlar o‘tkazilmoqda. 

Ba’zi ushlangan shaxslar bir nechta haydovchilik guvohnomasidan foydalanish yoki terrorizmga oid gumonlar bilan tilga olinmoqda. 

Yuqoridagi holatlarni inobatga olib, AQShda avtomobil boshqarayotgan fuqarolarimizdan quyidagilarga amal qilishlarini so‘raladi: 

Hujjatlaringizni tartibga keltiring; 

Qonuniy maqomingizni tasdiqlovchi hujjatlarni o‘zingiz bilan olib yuring. 

Shubhali yoki muammoli holatlar bo‘lsa, darhol O‘zbekistonning AQShDAgi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga murojaat qiling.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version