Dunyodan
AQShda 3,7 milliard dollarlik firibgarlikda gumon qilinib hibsga olindi
AQShda sog‘liqni saqlash sohasidagi eng yirik firibgarlikni uyushtirganlikda gumon qilingan amerikalik tadbirkor Ibrohim Xaldun Hilmi Turkiyada hibsga olindi. Bu haqda AQSh Federal qidiruv byurosi (FTB) ma’lum qildi.
Tergov ma’lumotlariga ko’ra, Hilmi Medicare davlat tibbiy sug’urtasi dasturidan 3,7 milliard dollarni firibgarlik yo’li bilan o’zlashtirmoqchi bo’lgan.
Uning nazorati ostidagi kompaniyalar, jumladan Sunshine Senior Solutions, rasmiy ravishda tibbiy asboblar yetkazib beruvchisi sifatida faoliyat yuritgan. Ammo prokurorlarning aytishicha, ushbu kompaniyalar orqali davlat dasturiga tizimli ravishda yolg‘on hisobotlar kiritilgan.
Tergovchilarning ta’kidlashicha, kompaniyalar tizza bo’g’imlari, qo’l tirgaklari, kateterlar, yaralarni parvarish qilish vositalari va boshqa tibbiy mahsulotlar uchun milliardlab dollar to’lashni talab qilgan. Biroq, ko’plab bemorlar buyurtma bermagan, olmagan yoki umuman bunday uskunaga ega emas edi.
Huquq-tartibot idoralari Hilmini 2025 yilning may oyida hibsga olishlari kerak edi, biroq u tergovdan qochish uchun mamlakatdan qochib ketdi.
Bir yildan ortiq qidiruvdan so‘ng Turkiya huquq-tartibot idoralari uning shaxsini aniqlab, hibsga oldi. Shundan so‘ng FQB maxsus operatsiya o‘tkazib, gumonlanuvchini AQShga ekstraditsiya qildi.
FQB direktori Kash Patel bu ishni AQSh tarixidagi eng yirik tibbiy sug‘urta firibgarliklaridan biri deb atadi.
Hilmi Medicare dasturini aldashda ayblanib, federal sudda sudlanmoqda. AQSh qonunlariga ko’ra, bunday jinoyatlar uchun katta miqdorda jarima va yillar qamoq jazosi qo’llanilishi mumkin.
Mazkur ish transmilliy jinoiy tarmoqlarni fosh qilishga qaratilgan “Oltinga hujum” operatsiyasi doirasida tergov qilinmoqda. Operatsiya davomida yuzlab odamlarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.