Dunyodan

AQSh yana Grenlandiya masalasida: Daniya keskin qarshi

Published

on


AQSh prezidenti Donald Tramp Luiziana shtati gubernatori Jeff Landrini Grenlandiya bo‘yicha maxsus vakil etib tayinladi. Prezident Trampning taʼkidlashicha, Landri “Grenlandiya milliy xavfsizligimiz uchun qanchalik muhim ekanini tushunadi va davlatimiz manfaatlarini qatʼiy himoya qiladi”.

Grenlandiyaga egalik qiluvchi Daniya prezident Trampning Grenlandiyaga da’volariga keskin munosabat bildirdi. Tashqi ishlar vaziri Lars Lokke Rasmussenning aytishicha, maxsus vakil tayinlanishi “mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi”. Daniya hukumati norozilik sifatida AQShning Kopengagendagi elchisini chaqirtirdi.

Prezident Trump o’zining birinchi muddatida Grenlandiyani anneksiya qilish istagini e’lon qildi. Partiya buni milliy va “xalqaro xavfsizlik” manfaatlariga taalluqli, deydi. Grenlandiya ham, Daniya ham bu da’volarni qat’iyan rad etadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version