Dunyodan
AQSh va Eron Hormuz boʻgʻozini ochish boʻyicha shartli kelishuvga yaqinlashmoqda
AQSh va Eron hukumatlari Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish bo‘yicha shartli kelishuvga erishdi. Biroq, bu shartnoma hali to’liq imzolanmagan.
New York Times gazetasining yozishicha, tomonlar o‘rtasidagi kelishuv taxminan 95 foizga tayyor. Ayni paytda Eronning yadroviy dasturi va Hormuz bo‘g‘ozini nazorat qilish bilan bog‘liq bir qancha masalalar yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.
CBS News telekanalining xabar berishicha, javob kechiktirilgan, chunki Eron rasmiylari mamlakat oliy rahbari bilan muloqot qilishda qiynalgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp muzokarachilarga shoshilinch bitim tuzishni buyurganini aytdi. Uning aytishicha, anglashuv memorandumi imzolanmaguncha Eronga qarshi dengiz blokadasi saqlanib qoladi.
Prezident Tramp, shuningdek, Eron hech qachon yadro quroliga ega boʻlmasligi kerakligini yana bir bor taʼkidladi.