Dunyodan

AQSh Ummon va Fors ko‘rfazidagi dengiz blokadasini bekor qildi

Published

on


AQSh harbiylari Fors ko‘rfazi va Ummon ko‘rfazi suvlarida dengiz qatnoviga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi. Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lum qildi.

Hozirda AQSh harbiy-dengiz kuchlari kemalarning Eron portlariga kirish yoki chiqishlariga to‘sqinlik qilmayapti.

Shu bilan birga, AQSh harbiy kemalari Vashington va Tehron o‘rtasida kelishilgan shartlarga rioya etilishini nazorat qilish uchun mintaqada qoladi.

Avvalroq AQSh va Eron o‘rtasidagi kelishuv doirasida Hormuz bo‘g‘ozini ochish va dengiz qatnovini tiklash bo‘yicha qadamlar boshlangani xabar qilingan edi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version