Dunyodan

AQSh Suriya hududiga havo hujumlarini boshladi

Published

on


20-dekabrga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Suriyadagi terrorchilik tashkiloti IShID (Islomiy davlat) obyektlariga havo hujumlarini boshladi. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Pit Xegset ma’lum qildi.

“Qirg‘iz hujumi” deb nomlanuvchi harbiy amaliyotda qiruvchi samolyotlar va jangovar vertolyotlar ishtirok etgan. Suriyaning markaziy qismidagi 70 ga yaqin obyekt, IShID jangarilari, infratuzilma va qurol-yarog‘ omborlari o‘qqa tutildi. Hujum Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara hukumati bilan kelishilgan holda amalga oshirilgani aytilmoqda. AQSh Mudofaa vaziri Pit Xegset hujumni javob operatsiyasi deb atadi. Darhaqiqat, joriy yilning 13 dekabr kuni Suriyaning Palmira shahrida Suriya va AQSh kuchlarining qo‘shma patruli vaqtida IShID jangarilari tomonidan hujum uyushtirilib, ikki nafar amerikalik harbiy va bir tarjimon halok bo‘lgan edi. Bir necha askar ham yaralangan. Hujumni amalga oshirgan jangari yo‘q qilindi. “Bu urushning boshlanishi emas, balki javob operatsiyasi. Hujumdan keyin darhol aytganimizdek, agar siz amerikaliklarga hujum qilsangiz, dunyoning qayerida bo’lsangiz ham, qolgan qisqa umringizni Qo’shma Shtatlar sizni quvib, sizni topib, shafqatsiz o’ldirishi mumkinligidan xavotirlanib o’tkazasiz”, – dedi AQSh mudofaa vaziri. AQSh prezidenti Donald Tramp ham “Truth Social” platformasidagi rasmiy kanalida Suriya hududiga qilingan hujumni “juda jiddiy javob hujumi” deb atadi.

Prezident Tramp, terror tashkiloti “Islomiy davlat” yo’q qilinsa, Suriyaning kelajagi porloq bo’lishiga diqqat qaratdi. Siyosatchi, shuningdek, Suriyaning amaldagi rahbarlari mamlakatga “buyuklikni qaytarish” uchun qattiq harakat qilayotganini aytdi. Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 10 noyabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda Ahmad Al Shara bilan uchrashdi.

Uchrashuvdan soʻng Suriya axborot vaziri Hamza Mustafo Damashq AQSh boshchiligidagi IShIDga qarshi xalqaro koalitsiyaga qoʻshilganini maʼlum qildi. Oxirgi oylarda AQSh boshchiligidagi koalitsiya Suriya hududiga bir qator havo hujumlari va IShIDga qarshi quruqlikdagi operatsiyalarni amalga oshirdi. Bu amaliyotlarda Suriya xavfsizlik kuchlari ham ishtirok etdi. Tramp prezidentlik davrida AQShning Suriyadagi harbiy mavjudligini tanqid qilgan. 2018-yilda u IShID ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qildi va AQSh qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqishni buyurdi. Hozirda Suriyada 1000 ga yaqin AQSh harbiylari joylashgan. Aytgancha, joriy yilning 16 dekabr kuni Prezident Tramp fuqarolari AQSh hududiga kirishi taqiqlangan davlatlar roʻyxatini kengaytirdi. 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradigan “qora ro‘yxat”ga Suriya ham kiritiladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version