Dunyodan

AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi

Published

on


Qo’shma Shtatlar Rossiyaning ayrim neft operatsiyalariga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. Qaror global energiya bozoridagi bosimni kamaytirish uchun qabul qilingani aytildi.

Xabar qilinishicha, AQSh moliya vazirligi 12 martgacha tankerlarda Rossiya neft va neft mahsulotlari bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni vaqtinchalik amalga oshirishga ruxsat bergan.

Ushbu ruxsat aprel oyining o’rtalariga qadar taxminan 30 kun davomida amal qiladi. Bu birinchi navbatda tranzitda qolib ketgan 100 million barrel Rossiya neftiga tegishli.

Shu bilan birga, AQSh hukumati Rossiya neftini Hindistonga yetkazib berish uchun maxsus ruxsat berish mexanizmini ham ochgani aytiladi. Maqsad – jahon bozoriga neft yetkazib berish hajmini oshirish.

Qaror Bryusselda salbiy qabul qilindi. Yevrokomissiya Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalar yumshatilganini “samarasiz qaror” deb atadi va har qanday yengillik faqat vaqtinchalik bo‘lishini ta’kidladi.

Mutaxassislarning aytishicha, bu qaror sanksiyalar bekor qilinganini anglatmaydi. Aksincha, bu global energiya bozoridagi bosimni yumshatish uchun qilingan taktik qadam sifatida ko’rilmoqda.

Agar bu vaqtinchalik ruxsat keyinchalik yana uzaytirilsa yoki yangi ruxsatnomalar berilsa, vaziyat jahon bozorlari Rossiya neftisiz barqaror ishlay olmasligini anglatishi mumkin, deydi tahlilchilar.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version