Dunyodan

AQSh raketa zaxirasini to’ldirish uchun 11 milliard dollarga muhtoj

Published

on


Pentagon Kongressdan raketalar zaxirasini to‘ldirish uchun 11 milliard dollar ajratishni so‘ragan. Bu haqda Wall Street Journal nashri xabar berdi.

Nashrning taʼkidlashicha, AQShning Eronga qarshi “Epik gʻazab” deb nomlangan harbiy operatsiyasining dastlabki toʻrt kuni taxminan 11 milliard dollarga tushdi.

Xabarda aytilishicha, Pentagon mutaxassislari oxirgi harbiy operatsiya davomida sarflangan raketa arsenalini tiklash bo‘yicha taklif tayyorlamoqda.

Tahlil shuni ko’rsatadiki, Kongressdan favqulodda moliyaviy yordam so’rashi mumkin. Ushbu mablag’lar birinchi navbatda quyidagi qurol tizimlarini sotib olishga yo’naltiriladi:

Patriot havo mudofaasi raketa majmuasi Tomahawk kruiz raketasi THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimi

Bu qurollar AQSh va Isroilning Eronga qarshi qo‘shma harbiy amaliyoti boshlanganidan beri ko‘p miqdorda qo‘llanilgani aytiladi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda o‘rta va yirik kalibrli o‘q-dorilarning katta zaxirasi borligini, biroq hozircha kerakli darajada emasligini aytgan edi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version