Iqtisodiyot

AQSh O‘zbekistonga paxta yetkazib beradi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev va AQSh savdo vaziri Hovard Latnik o‘rtasidagi uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. Ma’lum qilinishicha, AQShdan soya va paxta yetkazib berish, shuningdek, Amerikaning ilg‘or tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha dastlabki shartnomalar imzolangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashingtonda Amerika Qo‘shma Shtatlari savdo vaziri Hovard Latnik bilan muzokara o‘tkazdi.

O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo va investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, keyingi yillarda tovar ayirboshlash hajmi 4 barobar ko‘payib, qariyb 1 milliard dollarga yetgan. O‘zbekistonda AQShning 300 dan ortiq kompaniyasi faoliyat yuritmoqda. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika va innovatsiya sohalarida qator yirik kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Savdo aloqalarini mustahkamlash, hududlararo hamkorlikning samarali mexanizmlarini yaratish, shuningdek, Muvofiqlashtiruvchi kengash ta’sis etishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. AQShdan soya va paxta yetkazib berish, shuningdek, Amerikaning ilg‘or tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha dastlabki shartnomalar tuzilgan.

Muzokaralar yakunida qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun investitsiya platformasini yaratish orqali amaliy hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version