Dunyodan
AQSh O‘zbekistondagi ikki kompaniya rahbarlariga viza cheklovlari joriy qildi
Davlat departamenti O‘zbekistonda AQShga noqonuniy immigratsiyani uyushtirgan shaxslarga viza cheklovlari joriy qildi.
“Ushbu cheklovlar, birinchi navbatda, Amerika Qoʻshma Shtatlariga noqonuniy kirishga uringan xorijlik fuqarolarga bila turib sayohat xizmatlarini koʻrsatgan Oʻzbekistonda joylashgan ikki viza rasmiylashtiruvchi kompaniya rahbarlari va yuqori lavozimli xodimlariga qaratilgan”, — deyiladi xabarda.
Ushbu cheklovlar AQSh Immigratsiya va fuqarolik qonunining 212-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu qonun odatda kirishi yoki taklif qilinayotgan faoliyati Qo’shma Shtatlarga tashqi siyosatga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatadigan shaxslarning Qo’shma Shtatlarga kirishini taqiqlaydi. Tergov maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistondagi ayrim shaxslar AQShga noqonuniy immigratsiyani maqsad qilgan xorijlik fuqarolarni, jumladan, voyaga yetmaganlarni aeroportlar va chegaralar orqali Markaziy Amerikadagi tranzit punktlariga olib oʻtishni faol muvofiqlashtirgan.
Davlat departamenti Oʻzbekiston hukumatiga AQShga noqonuniy immigratsiyaga yordam beruvchi jinoiy tarmoqlarni yoʻq qilish boʻyicha yaqindan hamkorlik qilayotgani uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.