Dunyodan
AQSh o’z ittifoqchilarini “yaxshi” va “yomon” guruhlarga ajratdi.
Tramp maʼmuriyati NATO ittifoqchilarini Eron urushiga boʻlgan munosabatiga qarab “yaxshi” va “yomon” guruhlarga ajratgan hujjat yaratdi. Bu haqda Politico nashri uch yevropalik diplomat va vaziyatdan xabardor AQSh harbiy amaldoriga tayanib xabar berdi.
NATO Bosh kotibi Mark Ruttening Vashingtonga (7-12 aprel) tashrifi uchun tayyorlangan hujjatda har bir davlatning alyansga qo‘shadigan hissasi ko‘rsatilgan va uni uch toifaga ajratgan:
Manbalarda qaysi davlatlar qaysi guruhlarga kirganiga aniqlik kiritilmagan.
Kuzatuvchilarga ko’ra, bunday hujjatning yaratilishining o’zi AQSh prezidenti Donald Tramp o’z xohish-istaklarini to’liq bajarmaydigan ittifoqchilarga qarshi tahdidlarini amalga oshirish niyatida ekanidan dalolat beradi.
Nashr manbalarining ta’kidlashicha, hujjatda “yomon” ittifoqchilarga qarshi harakatlar rejasi mavjud emas. “Ular aniq tasavvurga ega emasga o’xshaydi… Bir variant – AQSh qo’shinlarini mamlakatdan olib chiqib ketish, ammo bu AQShning o’zi uchun ko’proq jazo bo’lmaydimi?” – dedi yevropalik diplomatlardan biri.
Oq uy aslida bunday hujjat mavjudligini tan oldi.
Oq uy matbuot kotibi Anna Kelli jurnalga shunday dedi: “Qo’shma Shtatlar biz ittifoqchi deb ataydigan davlatlarni har doim qo’llab-quvvatlashga tayyor, biroq biz minglab askarlari bilan himoya qilayotgan davlatlar Eron operatsiyasini qo’llab-quvvatlashdan bosh tortdi. Prezident Tramp bu tengsiz dinamika haqida o’z fikrini ochiq aytdi. Qo’shma Shtatlar hamma narsani eslab qolishini aytdi”.
NATO Politiconing izoh berish so’roviga javob bermadi.