Dunyodan
AQSh Oyga yadroviy reaktor o’rnatishni rejalashtirmoqda
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning yangi kosmik dasturini tasdiqladi. Hujjatga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar oyga qaytish uchun yadro texnologiyasidan foydalanishni maqsad qilgan.
Yangi strategiyaga ko’ra, Milliy Aeronavtika va Koinot Boshqarmasi (NASA) Artemida dasturini jadal rivojlantirishga ruxsat oldi. Rejaga ko‘ra, amerikalik astronavtlar 2028-yilgacha Oyga qaytadi, 2030-yilga kelib esa u yerda AQSh harbiylari uchun doimiy baza bo‘ladi.
Rejaning eng munozarali jihati uning atom energiyasidan foydalanishidir. Qo’shma Shtatlar kelajakdagi Oy bazasini ishonchli energiya bilan ta’minlash uchun yadro reaktorini ishlab chiqish va uni Oyga o’rnatish masalasini ko’rib chiqmoqda. Oq uy reaktor 10 yil ichida ishga tayyor bo‘lishini bildirmoqda.
Yangi kosmik strategiya oy bilan cheklanib qolmaydi. Hujjatda “Oltin gumbaz” deb nomlangan yangi himoya tizimi ham nazarda tutilgan. Bu havodan kelishi mumkin bo’lgan tahdidlarni erta aniqlashga yordam beradi. Bu tizim bizga Yer atrofidagi fazoni hamda Yer va Oy orasidagi hududni boshqarish imkonini beradi.
Ayni paytda Oq uy bu qarordan iqtisodiy foyda olishga umid qilmoqda. Rejaga ko’ra, yangi buyurtmalar AQSh kosmik sanoatiga kamida 50 milliard dollar sarmoya jalb qiladi va davlat xaridlari tizimini qayta ko’rib chiqadi.
Mutaxassislarning aytishicha, strategiya Amerikaning koinotdagi yetakchi mavqeini mustahkamlash, shu bilan birga kelajakda ilmiy, harbiy va iqtisodiy manfaatlarni ta’minlashga qaratilgan.