Sport

AQSh Olimpiya qo‘mitasi transgenderlarga ayollar musobaqalarida ishtirok etishini taqiqladi

Published

on


Yangi siyosat musobaqalarda ayollar uchun adolatli va xavfsiz sharoitlarni ta’minlashga qaratilgani ta’kidlanmoqda.

AQSh Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitasi (USOPC) transgenderlarning ayollar musobaqalarida ishtirok etishini amalda taqiqladi, deb xabar berdi Associated Press.

Agentlikning yozishicha, tegishli o‘zgartirishlar qo‘mita saytidagi «Sportchilar xavfsizligi siyosati» bo‘limiga kiritilgan. Tashkilot, shuningdek, suzish, yengil atletika va boshqa sport turlari federatsiyalariga prezident Donald Trampning «Erkaklarni ayollar sportiga qo‘ymaslik» to‘g‘risidagi farmoniga rioya etishi shartligini ma’lum qilgan.

«Yangi siyosatimiz musobaqalarda ayollar uchun adolatli va xavfsiz sharoitlarni ta’minlash muhimligini ta’kidlaydi. Barcha milliy boshqaruv organlari amaldagi qoidalarini shunga muvofiq yangilashi shart», deyiladi USOPC maktubida.

Tramp fevral oyida imzolagan farmonida transgender sportchilarga ayollar musobaqalarida qatnashishga ruxsat beruvchi tashkilotlarni davlat tomonidan moliyalashtirish to‘xtatilishi belgilangan.

USOPC ellikka yaqin milliy tashkilotlar faoliyatini nazorat qiladi, ular ommaviy sportdan tortib elitagacha bo‘lgan barcha sohalarda muhim rol o‘ynaydi. USOPC yangi siyosati mahalliy sport klublari milliy sport federatsiyalariga a’zolikni saqlab qolish uchun o‘z qoidalarini o‘zgartirishiga olib kelishi ehtimoli bor, deb ta’kidladi AP.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version