Iqtisodiyot

AQSh kapitali ishtirokidagi korxonalarning eng ko‘pi Toshkent shahrida

Published

on


Iqtisodiyot | 11:08

484

1 daqiqa o‘qiladi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 dekabr holatiga O‘zbekistonda Amerika Qo‘shma Shtatlari kapitali ishtirokida jami 336 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning 146 tasi qo‘shma, 190 tasi xorijiy korxonalar hisoblanadi.

Qo‘mita keltirgan raqamlarga ko‘ra, AQSh kapitali ishtirokidagi korxonalarning hududlar kesimidagi soni quyidagicha:


Toshkent shahri – 237 ta;
Toshkent viloyati – 31 ta;
Samarqand viloyati – 19 ta;
Buxoro viloyati – 8 ta;
Qashqadaryo viloyati – 6 ta;
Navoiy viloyati – 6 ta;
Farg‘ona viloyati – 5 ta;
Jizzax viloyati – 5 ta;
Andijon viloyati – 4 ta;
Sirdaryo viloyati – 4 ta;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 4 ta;
Namangan viloyati – 3 ta;
Xorazm viloyati – 3 ta;
Surxondaryo viloyati – 1 ta.

Ma’lumotlarga ko‘ra, korxonalarning eng katta qismi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version