Dunyodan
AQSh Hormuzda o’rnatilgan tartibga aralashmasligi kerak
Eron parlamenti Milliy xavfsizlik qo’mitasi raisi Ibrohim Aziziy, Hurmuz bo’g’ozi bilan bog’liq keskin bayonot berdi.
Uning qayd etishicha, AQShning yangi dengiz tartibiga har qanday aralashuvi sulh bitimini buzish hisoblanadi.
“Hurmuz bo’g’ozi va Fors ko’rfazi befarq bayonotlarga yo’l qo’yadigan mavzular emas. Bu mintaqa hech qanday tashqi kuch tomonidan nazorat qilinmaydi”.
Janob Aziziy, Prezident Trampning bayonotlarini ham tanqid qilib, mintaqadagi vaziyat uchun “ayb o’yini” o’ynab, ishonchni qozonib bo’lmasligiga ishora qildi.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat avval Prezident Tramp dushanbadan boshlab Vashington Hormuz bo‘g‘ozida qolib ketgan neytral kemalarga yordam berishini ma’lum qilgandi.