Dunyodan
AQSh harbiylari Maduro juftligini hibsga oldi
Prezident Donald Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduro hibsga olingani va mamlakatdan olib chiqilishini ma’lum qildi.
“Nikolas Maduro va uning rafiqasi hibsga olinib, mamlakatga olib ketildi. Operatsiya AQSh huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda oʻtkazildi. Tafsilotlar keyinroq eʼlon qilinadi. Bugun soat 11:00 da Mar-a-Lagoda matbuot anjumani boʻlib oʻtadi”, deb yozdi AQSh prezidenti.
Eslatib oʻtamiz, 3-yanvarga oʻtar kechasi Venesuela poytaxti Karakasdagi harbiy va fuqarolik obʼyektlariga havo hujumlari uyushtirilgan edi. Venesuela hukumati AQShni mamlakatga hujum qilishda ayblab, favqulodda holat e’lon qildi. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, Karakasda kamida yettita portlash sodir boʻlgan.
Prezident Nikolas Maduro barcha milliy mudofaa dasturlarini amalga oshirishni buyurdi va mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi. Hukumat o‘z tarafdorlarini ko‘chaga chaqirdi.