Dunyodan
AQSh Eronning raketa inshootlariga hujum qildi
AQSh Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) Eron janubidagi bir qator obʼyektlarga “oʻzini himoya qilish” maqsadida hujum qilingani haqida xabar berdi.
Bayonotga ko’ra, hujumlar raketa otish moslamalari va dengizga mina qo’ymoqchi bo’lgan Eron qayiqlariga qarshi uyushtirilgan. AQSh bu harakatlarini AQSh kuchlarini potentsial tahdidlardan himoya qilish deb ta’riflaydi.
Ayni paytda prezident Donald Tramp Eron bilan muzokaralar “yaxshi ketayotganini” aytdi. Ikki davlat Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish va urushni tugatish bo‘yicha ehtimoliy kelishuv ustida ishlayotgani aytiladi.
Eron rasmiylari muzokaralarda ayrim masalalar bo‘yicha kelishuvga erishganliklarini tan oldilar, biroq ular hali yakuniy kelishuvga yaqin emasligini aytishdi.