Dunyodan
AQSh Eronga qarshi urush uchun har soniyada 11,5 ming dollar sarflamoqda
Qo’shma Shtatlar Eronga qarshi harbiy amaliyotlar uchun 55 kun ichida 61 milliard dollardan ortiq mablag’ sarfladi. Bu haqda real vaqt rejimida ma’lumotlarni kuzatib boruvchi Eron urush xarajatlarini kuzatish portali xabar berdi.
Hozirda harbiy amaliyotlarga AQSh g‘aznachiligidan har soniyada o‘rtacha 11500 dollar sarflanmoqda.
Portal real vaqt rejimida ma’lumotlarni yangilaydi va mintaqaga yuborilgan xodimlar va harbiy kemalar ta’minoti, shuningdek, boshqa qo’shimcha xarajatlar va logistika xarajatlarini hisoblab chiqadi.
Hisoblash usuli Mudofaa vazirligining Kongressga taqdim etgan hisobotiga asoslanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, urushning dastlabki olti kunida 11,3 milliard dollar sarflangan bo‘lsa, keyingi davrdagi xarajatlar kuniga o‘rtacha 1 milliard dollar bo‘lishi kutilgan edi.