Dunyodan
AQSh Eronga hujum qilsa, yaqin ittifoqchilar yordam bermaydi
AQShning Yaqin Sharqdagi asosiy ittifoqchilari Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Eronga hujum qilingan taqdirda AQShga yordam berishdan bosh tortdi. Bu haqda Wall Street Journal nashri xabar berdi.
“Saudiya Arabistoni AQShning Eronga ehtimoliy hujumidan o‘z havo hududi va hududiga kirishni istisno qildi, bu esa Tramp ma’muriyatining Tehrondagi namoyishlarni shafqatsizlarcha bostirishga javob variantlarini murakkablashtirdi”, deb yozadi jurnal.
Avvalroq BAA Tashqi ishlar vazirligi ham xuddi shunday bayonot bilan chiqqan edi.
Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni 2019-yilda Yaman hutiylari Saudiyaning neft inshootiga hujum qilganidan keyin Eron bilan ziddiyatga kirishishdan qo‘rqmoqda.