Jamiyat

Apex Development Mirabad Square debyut loyihasi sotuvlari boshlanganini e’lon qiladi

Published

on


Shahar markazida 14 gektar maydonda premium toifadagi mukammal turar joy majmuasi qurilmoqda.

Apex Development jamoasi 16 yillik tajribaga va o‘nlab muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalarga ega developer Shuhrat Shamsutdinov boshchiligida yirik premium majmuani qurishga kirishdi.

Mirabad Square — bu megapolis ritmidan ilhomlangan va Buyuk Britaniyaning Chapman Taylor arxitektura byurosi bilan hamkorlikda yaratilgan to‘liq turar joy majmuasi. Loyiha yetti betakror qarorgohni birlashtiradi, ularning har biri o‘ziga xos nomga, konsepsiyaga va ifodali me’moriy ko‘rinishga ega.

Mirabad Square g‘oyasi turar joy mikrorayoni ichidagi infratuzilmaning maksimal darajada jamlanishiga asoslangan — eng muhim resurs — vaqtni qadrlaydigan odamlar uchun.

Aynan shuning uchun Mirobod tumani markazi tanlangan. Shahar markazida joylashgani aholiga Toshkentning asosiy nuqtalariga sanalgan daqiqalar ichida yetib borish imkonini beradi, majmua ichidagi rivojlangan infratuzilma esa favqulodda qulaylik darajasini shakllantirib, mikrorayonni ayniqsa yashash va investitsiyalar uchun jozibador qiladi.

Loyiha doirasida aholi uchun xususiy infratuzilma, zamonaviy biznes markazlari, xalqaro maktab va bolalar bog‘chasi, fitnes markazi va piyoda yurish masofasidagi premium-klass klinikasi ko‘zda tutilgan.

1,2 gektar maydonni egallagan sayr qilish skver-parki loyihaning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, u betakror muhit yaratadi. Yashillikka burkangan va suv havzalari, shinam kafe va restoranlar bilan o‘ralgan uzun piyodalar xiyoboni Toshkentning yangi diqqatga sazovor joyiga aylanadi.

Aynan skver-parkda bayram tadbirlari va ijodiy kechalar bo‘lib o‘tadi, bu esa ko‘chani poytaxt aholisi va mehmonlari uchun yangi jozibador nuqtaga aylantiradi.

Apex Development kompaniyasi birinchi lot — Mirabad Towers rezidensiyasi sotuvi boshlanganini e’lon qildi. Bu kotlovan bosqichida qulay narxda kvartira sotib olish uchun noyob imkoniyatdir.

Shaxsiy maslahat olish uchun kompaniya sizni Mirobod tumani Avliyo ota ko‘chasi 124-uy manzili bo‘yicha savdo ofisiga taklif qiladi.

Mo‘ljal: Mirobod bozori.

Telefon: +998 55 055 55 55

Vebsayt | Instagram | Facebook | Telegram

Reklama huquqi asosida





Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version