Jamiyat

ANORBANK Bo‘stonliq tumanidagi 168-maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi

Published

on


Yangi yil arafasida ANORBANK Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi 168-maktab-internat o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlab, 150 ta sovg‘a va kanselyariya buyumlari to‘plamlarini taqdim etdi. Ushbu tadbir bolalarga e’tibor va g‘amxo‘rlikni his etish imkoniyatini berdi, shuningdek, Yangi yil oldidan ularga bayramona kayfiyat yaratdi.

ANORBANK vakillari maktab-internatga tashrif buyurib, bolalar va o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi, tarbiyalanuvchilarni kelayotgan bayram bilan qutladi hamda sovg‘alarni topshirdi. Bu ko‘pchilik bolalar uchun nafaqat moddiy yordam, balki e’tibor va g‘amxo‘rlikning muhim belgisi bo‘ldi.

“Biz biznes jamiyatga haqiqiy foyda keltira olishiga ishonamiz. ANORBANK uchun tashabbuslarimiz jamiyatga yordam berishi, ta’lim va ekologiyani qo‘llab-quvvatlashi, rivojlanish hamda o‘sish uchun sharoit yaratishi muhimdir”, — deya ta’kidlashdi bank vakillari.

168-sonli maktab-internat uchun xayriya tadbiri ANORBANK’ning CSR strategiyasining bir qismi bo‘lib, bank doimo ta’lim, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish sohasidagi tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda.

ANORBANK jamiyatni rivojlantirish va O‘zbekiston hududlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishni davom ettiradi.

Telefon: 1290.

Sayt: anorbank.uz

Facebook: fb.com/anorbank

Instagram: @anorbank

Telegram: t.me/anorbank

Reklama huquqi asosida





Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version