Jamiyat

Andijonda sifatsiz dorilarning yirik partiyasi aniqlandi

Published

on


Andijon viloyatida 216,8 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarini savdoga chiqarilishining oldi olindi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi, IIB va Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan G.B. va boshqalar “Tracker” rusumli avtomashinada 200 dona “Vokartin” dori vositasini Izboskan tumandagi xususiy shifoxonaga o‘tkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida umumiy bahosi 216,8 mln so‘mlik 16 turdagi jami 3 525 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version