Jamiyat

Andijonda qaynukasining mashinasini yoqib yuborgan sobiq kuyovga jinoyat ishi ochildi

Published

on


Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon tumanida kuyov qaynotasining uyiga kelib, mashinasini yoqib ketgani haqida tarqalgan videoxabar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Joriy yilning 3 avgust kuni tungi soat 01:28 larda Andijon tumani, Zangibobo mahallasi, Uchko‘prik ko‘chasi, 48-uyda yashovchi O‘.U. 102 qisqa raqamiga xabar berib, uyining oldida turgan o‘ziga tegishli bo‘lgan “Nexia-2” rusumli avtomashinasini sobiq pochchasi A.X. o‘rtalaridagi o‘zaro oilaviy kelishmovchilik sababidan yoqib yuborganini ma’lum qilgan.

Voqea joyiga tergov-tezkor guruhi a’zolari zudlik bilan yetib borib, surishtiruv harakatlari olib borilgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan gumonlanuvchi shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 173-moddasi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version