Jamiyat

Andijonda qalbaki pul sotayotganlar ushlandi

Published

on


Andijonda qalbaki pullarni sotgan shaxslar ushlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘rg‘ontepa tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro A.I. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqaro K.A.ga 19,8 mln so‘m qalbaki pullarni 10 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version