Jamiyat

Andijonda o‘zboshimchalik bilan egallangan yerni 25 ming dollarga sotayotganlar ushlandi

Published

on


Andijon viloyatida fermer xo‘jaligining yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar V.T. va X.S. tumandagi «Yu.M.» fermer xo‘jaligining «Yuqori Bo‘z» MFY hududidagi 0,6 gektar yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, ushbu yer maydonini fuqaro U.K.ga 25 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, kadastr hujjatlarini keyinchalik rasmiylashtirib berishlarini va’da qilib, 22 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version