Jamiyat
Andijonda mikroavtobusda 58 nafar bolani tashiyotgan haydovchi aniqlandi
Haydovchi 8 o‘rindiqli transport vositasida 58 bolani bog‘chaga tashigan.
Andijon viloyati, Izboskan tumanida 58 nafar bolani 8 o‘rindiqli mikroavtobusda olib ketayotgan haydovchi ushlandi. Unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 6 may kuni O‘rta qishloq mahallasida haydovchi Q.Z. King Long rusumli mikroavtobusda «Xadichabegim» davlat-xususiy sheriklik asosidagi ta’lim muassasasining 58 nafar tarbiyalanuvchisini olib ketayotgan vaqtda to‘xtatilgan.
Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Yo‘l harakati qoidalarining «Odam tashish» talablarini buzgani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks asosida bayonnoma tuzilgan. Shuningdek, haydovchi va ta’lim muassasasi rahbariyati bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.