Jamiyat

Andijonda “Lasetti” zovurga tushib ketdi

Published

on


“Damas” avtomashinasi ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga keskin chiqib yuborib, asosiy yo‘ldan kelayotgan “Lasetti” avtomashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida “Lasetti” haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotgan.

Foto: Telegram / AndYHXB_pressa

Andijon viloyati Jalaquduq tumanida ikki mashina to‘qnashuvi oqibatida ulardan biri yo‘l chetidagi zovurga tushib ketdi.

Xabar qilinishicha, voqea 10 may kuni soat 16:20larda Jalaquduq tumani “Besh karam” MFY hududidan o‘tgan D-138 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.

Haydovchi M.N. o‘zining “Damas” rusumli avtomashinasida ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga keskin chiqib yuborib, asosiy yo‘ldan kelayotgan “Lasetti” avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

“Lasetti” haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida mashina yo‘l chetidagi zovurga tushib ketgan.

Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan, avtomashinalar texnik shikastlangan.

Holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB YHXG xodimi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version