Jamiyat
Andijonda ko‘p qavatli uyda gaz portladi
Andijon shahrida ko‘p qavatli uy xonadonlaridan birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida yong‘in kelib chiqmagan, biroq 2 nafar fuqaro tan jarohati olgan.
11 fevral kuni soat 23:55 da 112 tizimi orqali Andijon viloyati, Andijon shahar, «Nodirabegim» MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli aholi yashash xonadonlaridan birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan viloyat FVB rahbariyati va qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan. Ma’lum qilinishicha, chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqmagan va boshqa xonadonlarga zarar yetmagan.
Qayd etilishicha, portlash oqibatida 2 nafar fuqaro tan jarohati olgan.